2014-yil 26-oktabr kuni Ummon poytaxri Maskat shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylovda haqiqiy a’zolar soni 46 kishiga ko’paydi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
E’tiborlisi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi direktori Ibrohim Abdurahmonov ham Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosiga aylandi.
Bu yosh olim yutuqlarining birinchi marta e’tirof etilishi emas. Avvalroq, Abdurahmonov Texas universiteti va AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda g‘o‘za genlarini o‘chirib qo‘yish texnologiyasini ishlab chiqishda va uni amalda qo‘llashda qatnashgan. Bu usul yordamida 4-5-darajali paxta hosilini beradigan g‘o‘za navlaridan 1-2-darajali hosil olingan.
Izoh (0)