Falastin milliy muxtoriyati prezidenti Mahmud Abbos Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisini chaqirishni talab qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Falastinliklar o‘z davlatlarining poytaxtiga aylantirishni istayotgan Sharqiy Quddusda arablar va yahudiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar tez-tez yuz berib turadi. Abbos Sharqiy Quddusda zo‘ravonlikni Isroil agressiyasini to‘xtatishni talab qilgan.
Avvalroq, Isroil Quddusning sharqiy qismiga ko‘chib kelganlar uchun 1000 ta yangi uy qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. “Fath” harakati markaziy qo‘mitasi a’zosi Jibril Rajub Isroilning ushbu rejasiga zo‘ravonlik bilan javob qaytarilishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)