Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Uch kun davom etgan musobaqada ellik nafardan ziyod eng kuchli chavandoz o‘zaro kuch sinashdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Qizg‘in kechgan bellashuvlarda “Lou lovereyt”, “Xarizma”, “Samira”, “Kvatro Juniyor” laqabli tulporlari bilan qatnashgan Vladimir Shmelyov, Nurjan Tuyakbayev, Oqil Sobirjonov, G‘ayrat Nazarov balandligi 120, 125, 130 santimetrlik to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.
Izoh (0)