Eng yirik aloqa operatori Beeline qayta qo‘ng‘iroq, SMS-xabar yoki elektron xat olish maqsadida yuborilayotgan va tez takrorlanayotgan SMS-spam holatlari haqida ogohlantirmoqda.
Firibgarlarning harakatlari natijasida abonent shaxsiy ma’lumotlarini, pul mablag‘larini yo‘qotishi, kompyuter yoki mobil moslamasiga zararli dasturni yuklab olishi, shuningdek, spam-sahifaga tushib qolishi mumkin.
Beeline rasmda ko‘rsatilganidek, “Yutug‘ingizni tasdiqlash uchun bizga qo‘ng‘iroq qiling...” yoki “Salom, menga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qiling...” kabi SMS-xabar kelganida, zinhor firibgarlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslikni va javob bermaslikni, shunchaki o‘z moslamangizdan uni o‘chirib tashlashingizni tavsiya qiladi.
Izoh (0)