Ruminiyaning Praxova tumanidagi qishloq maktabi o‘quvchilari anatomiya fanini maktabning sobiq direktori skeleti orqali o‘rganmoqda. Bu haqda Romania-Insider.com sayti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 1965-yil vafot etgan Aleksandru Grigore Popesku o‘z tanasini maktabga o‘quv manbasi sifatida meros qilib qoldirgan.
Maktab xodimlarining aytishicha, skelet yaqinda Sog‘liqni saqlash va xavfsizlik vazirligi tomonidan gigiyena ekspertizasini o‘tkazish uchun olib qo‘yildi. Vazirlik skelet hech qanday xavf solmayotganligiga ishoch hosil qilgach, uni maktabga qaytardi.
Hozirda sobiq direktor skeleti maktab xonalaridan biridagi oynali javonda saqlanib, biologiya fanlarida foydalanilmoqda.
https://www.youtube.com/watch?v=25HKmdK1K5w
O‘quv muassasasining sobiq rahbari 1890-yilda tug‘ilgan. U 18 yoshidanoq dars bera boshlagan. Popesku maktabda qariyb 50 yil davomida ish olib borgan. U vafotidan so‘ng bolalarga she’r va qo‘shiqlar bitilgan bir necha bloknot ham qoldirgan.
Izoh (0)