Janubiy Koreya Milliy politsiya agentligi 25-oktabr kuni ikkala Koreya orasidagi chegarada, 40—50 mingta geliy bilan to‘ldirilgan sharga mustahkamlangan Shimoliy Koreya hukumatini tanqid qiluvchi varaqalar uchirilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bunday varaqalar Pxenyan tarafga uchirilgani sababli, 10-oktabrda Janubiy Koreyaning Padja nomli aholi punktiga yaqin chegarasida otishma yuz bergan edi. Shimoliy Koreya bunday harakat yana takrorlansa, bu “to‘laqonli urush”ga olib kelishi mumkinligini ta‘kidlagan.
Koreya Respublikasi Birlashish masalalari bo‘yicha vaziri Ryu Gil Chje varaqalarni uchirishga fuqarolarning huquqi borligi va bu konstitutsiyada belgilab qo‘yilganligini aytdi. Shuningdek, u otishmalar natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan moddiy zararlarni bartaraf etish va tinch aholini himoyalash chora tadbirlarini ko‘rish kerakligini ta‘kidlab o‘tdi.
Izoh (0)