Rossiya Bosh prokuraturasi fransiyalik tergovchilarga Moskvaning “Vnukovo” aeroportida Falcon samolyotining halokatga uchrashi bilan bog‘liq hodisa tekshiruvida ishtirok etishga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi vakiliga tayanib Gazeta.ru ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 151- va 457-moddalariga muvofiq ravishda huquqiy yordam haqida so‘rov bajarilish uchun RF Tergov qo‘mitasiga yo‘naltirildi”, — dedi vakil.
Eslatib o‘tamiz, 21-oktabrga o‘tar kechasi Total korporatsiyasi prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot “Vnukovo” aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgan edi.
“Qora quti”dagi ma’lumotlar tahlili ekipajning harakatlarida hech qanday xatolikni topmadi va ular ko‘rsatmalar bo‘yicha harakatlanganini tasdiqladi.
Izoh (0)