Rasmiy Berlin tashabbusi bilan Germaniya federal kansleri Angela Merkel hamda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin telefon oraqli suhbatlashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga asoslanib “Segodnya” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 16-17-oktabr kunlari Milanda o‘tkazilgan muzokaralar davomi sifatida Ukraina mojarosi muhokama qilingan va Putin o‘t ochishni to‘xtatish va beqaror hududlarga zudlik bilan gumanitar yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidlagan.
Putin va Merkel yaqin vaqt ichida Ukraina bo‘yicha kontakt guruhining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazish lozimligini e’tirof etgan. Shuningdek gaz yetkazib berish masalasi ham muhokama qilingan. Bundan tashqari, Ebola epidemiyasiga qarshi birgalikdagi harakatlarni faollashtirishga kelishilgan.
Izoh (0)