Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat janubidagi Odessa shahriga qilgan ishchi tashrifi doirasida viloyatning huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlari vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Odessa dengiz portida qilgan kirish so‘zida prezident Ukrainani banan respublikasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan va port, bojxona hamda chegara xizmatining noqonuniy savdoga qarshi kurashishi bo‘limi rahbariyati bilan uchrashuvga otlangan. Prezident bilan uchrashuvda, shuningdek, viloyat militsiyasi, Ukraina Xavfsizlik xizmati, Chegara, Bojxona va Soliq xizmatlari rahbarlari qatnashgan.
Ma’lumot uchun, “banan respublikasi” atamasi keng ma’noda siyosiy beqarorlik va qishloq xo‘jaligiga bog‘liqlik hukm surgan Lotin Amerikasi davlatlariga, tor ma’noda esa AQShning Chiquita (sobiq United Fruit Company) kompaniyasi ulkan siyosiy va iqtisodiy ta’sirga ega bo‘lgan Markaziy Amerika davlatlariga nisbatan ishlatiladi.
Izoh (0)