Filippin janubidagi Magindanao provinsiyasida joylashgan Datu Xoffer Ampatuan shahri shifoxonasiga qilingan hujum vaqtida mamlakat armiyasining ikki askari otib tashlangan, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Bangsamoro ozodligi uchun Islom jangchilari” terrorchilik guruhi a’zolari ekanligi taxmin qilinayotgan jangarilar shifoxonaga bemorlar ko‘rinishida kirib, askarlarni qurolsizlantirgan va ulardan ikki nafarini o‘ldirgan. Politsiya jinoyatchilarni qo‘lga tushira olmagan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, hujum guruh yetakchilaridan biri Sauman Usmanning qamoqqa olinishiga javoban uyushtirilgan. Guruh a’zolari tomonidan ikki hafta oldin Kotaboto provinsiyasidagi protestant cherkoviga qilingan hujum vaqtida ham ikki kishi halok bo‘lgani qabul qilingan.
Izoh (0)