Ukraina bosh prokuraturasi sobiq prezident Viktor Yanukovich tomonidan mamlakat hududida Rossiya Federatsiyasining Qora dengiz floti joylashishi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishiga nisbatan 2014-yil 31-iyul kuni jinoiy ish qo‘zg‘atgan, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Shuningdek, Viktor Yanukovichga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining 13 ta moddasi bo‘yicha to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jumladan, sobiq prezidentga katta miqdordagi davlat mulkiga egalik qilish aybi ham yuklatilgan.
Viktor Yanukovich tomonidan hokimiyat vakolatlaridan noto‘g‘ri foydalanilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishda 2014-yil 27-fevralda chiqarilgan Oliy Bosh qo‘mondonlik, Milliy bank va Tashqi ishlar vazirligini Sevastopol shahriga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori keltirilgan.
Izoh (0)