AQSh Mudofaa departamenti matbuot kotibi kontr-admiral Jon Kirbi Ukraina chegaralari yaqinidagi Rossiya qo‘shinlarining ko‘pligi mamlakat sharqidagi vaziyatning barqarorlashuviga to‘siq bo‘layotganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Pentagon Rossiya o‘z qo‘shinlarining bir qismini doimiy joylashuv punktiga ko‘chirganini tasdiqlagan, biroq Ukraina bilan chegara hududda qolgan qo‘shinlar ham kam emasligi aytilgan.
Qrimdagi Rossiya qo‘shinlari va harbiy texnikasining esa soni kamaymagani aytilgan. AQSh mudofaa departamenti vakilining fikricha, Rossiya Ukrainadagi mojaroni chigallashtirishda davom ettiraveradi.
Izoh (0)