O‘zbekiston respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlari yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Majlisda 140 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan 500 ga yaqin vakillar, jumladan turli vazirliklar, idoralar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari qatnashdi.
Respublikadagi ekologik vaziyat to‘g‘risida chiqish qilgan O‘zbekiston delegatsiyasi Orolbo‘yi hududidagi ekologik halokatga alohida urg‘u berdi. Orol muammosi global xarakterga egaligi ta’kidlanib, bu nafaqat mintaqa mamlakatlari o‘rtasida, balki BMT boshchiligidagi xalqaro hamjamiyat ishtirokida muhokama qilinishi lozimligi aytildi.
Izoh (0)