Bugun, 21-oktabr kuni boshlangan MDH Havo hujumidan mudofaa (HHM) birlashgan tizimi mashg‘ulotlarida 100 ga yaqin harbiy samolyot, 130 dan ortiq qo‘mondonlik punktlari va turli darajalardagi boshqaruv punktlari harakatga keltirilgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Jangovar tayyorgarlikni tekshirish jarayonida Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning HHM bo‘yicha navbatchi qismlari qatnashmoqda. Barcha kuchlar va HHM vositalari Moskva viloyatidagi Rossiya Federatsiyasi Harbiy-kosmik mudofaa qo‘shinlari boshqaruv markazi tomonidan boshqarib turiladi.
Mashg‘ulotlarga MDH davlatlarining jami 100 ga yaqin harbiy samolyotlari jalb etilgan bo‘lib, qiruvchi (Su-27, Mig-29, MiG-31), bombardimonchi (Su-24), hujumchi (Su-25) va uzoq masofali (Tu-22, Tu-160, Tu-95) aviatsiya, shuningdek, Ka-27 va Mi-8 vertolyotlari, radiotexnika qo‘shinlari va zenit-raketa qo‘shinlari bo‘linmalari harakatga keltirilgan.
Mashg‘ulotlar doirasida shtirokchi mamlakatlarning HHM bo‘yicha navbatchi qismlari Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida shartli dushmanni aniqlash, davlat havo chegaralarini buzuvchi havo kemalarini topish kabi manyovrlarni bajaradi.
Izoh (0)