Hindistonda pirotexnika ishlab chiqaruvchi noqonuniy zavodda portlash yuz berdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Natijada 17 kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Voqea 20-oktabr, dushanba kuni Andxra-Pradesh shtatidagi Vakatippa qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Portlashdan so‘ng fabrika binosida yong‘in boshlandi. Favqulodda hodisa chog‘ida korxonada kamida 30 kishi ishlayotgan bo‘lgan. Bu ishchilarning taqdiri hozircha noma’lum.
Izoh (0)