Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan hayvonot bog‘ida favqulodda holat yuzaga keldi. Ayiq 9 yoshli bolaga hujum qilib, uni qo‘lsiz qoldirdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Noxush hodisa hududida kichik hayvonot bog‘i mavjud bo‘lgan Pingdingshan Hebin bog‘ida ro‘y berdi. Associated Press'ning ma’lum qilishicha, bola ayiq o‘tirgan panjara oldiga borgan va yirtqich hayvonga ovqat berish maqsadida panjaraga qo‘lini tiqqan. Shundan so‘ng hayvon unga tashlangan.
Jabrlanuvchini zudlik bilan kasalxonaga olib borishgan. Shifokorlar bolaning o‘ng qo‘lini butunlay olib tashlashga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)