21-oktabr kuni “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida Oliy Liga 20-turi doirasidagi qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
“Lokomotiv” markaziy stadionida soat 17:00 da boshlanadigan ushbu uchrashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar stadion chiptaxonalarida sotilmoqda. Barcha oddiy sektorlar uchun chiptalar narxi 3000 so‘m qilib belgilangan. SIP toifasidagi chiptalarni esa 10 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvni Birlashgan Arab Amirliklaridan taklif etilgan hakamlar boshqaradi.
Izoh (0)