Rossiyaning Kaluga viloyati Obninsk shahrida politsiya avtomobili svetoforsiz piyodalar o‘tish yo‘lagini kesib o‘tayotgan qizchani urib ketdi. Qiz voqea joyida o‘sha zahotiyoq vafot etdi. Bu haqda “TASS”ga tayanib Vesti.ru xabar bermoqda .
Qizning dugonasi esa rangli chiroqlari yonib-o‘chib signal berayotgan avtomobilni o‘tkazib yuborish uchun yo‘l chetida to‘xtab qoldi.
Halokat ro‘y bergan joyda tergovchilar va tezkor-qidiruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda. Yo‘l-transport hodisasi fakti bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlandi. Agar politsiya xodimining aybi tasdiqlansa, u ichki ishlar vazirligidan haydaladi va Rossiya qonunchiligiga binoan javobgar bo‘ladi.
Izoh (0)