6—10-oktabr kunlari Toshkent shahrida FIFA a’zolari darvozabonlar murabbiylari uchun besh kunlik o‘quv-mashg‘ulot kursini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Unda O‘zbekiston professional klublarida faoliyat olib borayotgan 20 dan ziyod darvozabonlar murabbiylari ishtirok etdi. Jumladan, “Mash’al” klubidan birinchi liga va klub bolalar va o‘smirlar futbol maktabining darvozabonlar murabbiyi Aktam Berdiyev ham ishtirok etdi.Maxsus o‘quv kursi yakunida ushbu murabbiy FIFA tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Bu haqida murabbiy quyidagilapni aytib o‘tdi: “FIFA tomonidan tashkil etilgan ushbu kurs bizga katta tajriba bo‘ldi. Ko‘p narsani o‘rganib amalda qo‘llash uchun qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Futbolda darvozabonlar murabbiyining roli haqida yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Ayni vaqtda zamonviy futbolda darvozabonlardan nafaqat qo‘l bilan yaxshi o‘ynash, balki oyoqdagi mahorat ham talab etilmoqda. FIFA vakillari asosan dunyoning eng mashhur klublaridan bo‘lgan ‘Chelsi’, ‘Real’ kabi klublarning darvozabonlari mahorati bilan tanishtirdi. Shu klublar asosida mashg‘ulotlar jadvali va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi”.
Izoh (0)