AQSh prezidenti Barak Obama Merilend shtati gubernatorligi uchun Demokratlar partiyasi nomzodi Entoni Braunni qo‘llab, mitingda chiqish qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
O‘z nutqi davomida Obama bir necha marta saylovchilarni ovoz berishga chaqirdi. “Hech qanday oqlanish bo‘lishi mumkin emas. Siz ovoz berishingiz lozim”, − dedi u. Odamlar Obamaning so‘zlariga e’tibor bermasdan zalni to‘p-to‘p bo‘lib tark eta boshlagach, AQSh prezidenti o‘z nutqini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Reuters’ning xabar berishicha, Demokratlar partiyasining ko‘pchilik nomzodlari saylovoldi kampaniyalarida Obamaning o‘zlari bilan birga yurishini istamaydi, chunki prezidentning reytingi hozirda eng quyi darajaga tushib ketgan. Shunga qaramay, Obama Illinoys shtati gubernatorligiga nomzod Pett Kuinni qo‘llab, Chikagoda nutq so‘zlash niyatida.
Izoh (0)