Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 18-oktabr kuni Moskvadagi “Olimpiyskiy” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan tennis musobaqasining rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova hamda chexiyalik Katerina Sinyakova o‘rtasidagi yarim final bahsiga tashrif buyurganida uning qo‘lida iPhone 6 Plus smartfoni bo‘lgan, deb xabar bermoqda Hi-Tech.Mail.ru.
Medvedevda Apple kompaniyasing yangi mahsuloti paydo bo‘lgani tabiiy hol sifatida qabul qilingan. Stiv Jobs sovg‘a qilgan iPhone 4’dan tashqari u boshqa i-devayslardan ham foydalangan. 2010-yildan boshlab Medvedev iPad 1’ni ishlatgan bo‘lsa, Comedy Club a’zolari tomonidan 2011-yilda iPad 2 sovg‘a qilingan.
Keyinroq, Medvedev Girls fan-klubi a’zolari unga maxsus DimaPhone sovg‘a qilishni rejalashtirgan edi. Shuningdek, u iPhone 5 va iPhone 5s smartfonlaridan ham foydalangan bo‘lib, so‘nggisida Instagram foydalanuvchilarinig iltimosi bilan selfi-suratga tushib ko‘rsatgan.
Biroq Medvedevni butunlay Apple mahsulotlarining shaydosi deb bo‘lmaydi. O‘tgan yili u Samsung Galaxy S4’dan foydalanishni afzal ko‘rgan edi. Keyin ushbu smartfon o‘rniga sovg‘a qilingan YotaPhone’ni ishlatgan-ishlatmagani noma’lum. 2012-yilda esa jurnalist Ivan Zasurskiy Medvedevga Windows operatsion tizimida ishlaydigan Nokia telefonini sovg‘a qilgan.
Izoh (0)