AQShning Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari yosh bolaga beriladigan ovqatlar orasida shakar qo‘shilgan ozuqalarning ko‘p bo‘lishi nafaqat bolaning vazniga, balki xotirasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi, deb xabar bermoqda “Vek”.
Olimlar kalamushlarda tajriba o‘tkazib ko‘rdi. Natijada shakar qo‘shilgan mahsulotlar bilan oziqlantirilgan kalamushlar berilgan vazifalarni bajarishda noaniqliklarga yo‘l qo‘ya boshladi. Keyinroq ularning xotirasida muammolar paydo bo‘lgani aniqlandi.
Bolalar ovqati tarkibining o‘zgarishi miya faoliyati uchun muhim ta’sirga ega. Ayniqsa organizm jiddiy o‘zgarishlarga duch keladigan o‘smirlik davrida bu yanada ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda shakar qo‘shilgan mahsulotlar juda ko‘p iste’mol qilinayotganini payqagan olimlar buning salbiy oqibatlaridan ogohlantirmoqda.
Izoh (0)