Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning Cubadebate.cu sayti orqali ma’lum qilishicha, Kuba Ebolaga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
“Kubalik tibbiy xodimlar amerikaliklar bilan shuncha yillardan beri bir-biriga dushman bo‘lgan ikki davlat o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga intilish uchun emas, balki bu vazifaga (Ebola virusiga) yechim izlashda jon dili bilan hamkorlik qiladi”, — deb qayd etdi Kastro.
Yetakchi, shuningdek, hamkorlik butun dunyoda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan urinish bo‘lishini ta’kidladi.
Fidel Kastroning aytishicha, 20-oktabr kuni Gavanada Karib dengizi va Lotin Amerikasidagi bir necha davlat rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda olib boriladigan muzokaralarda Ebola virusi tarqalishining oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar muhokama qilinadi.
Izoh (0)