AQSh Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komi turli gadjetlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini shifrlashdan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Ars Technica xabar bermoqda.
“Hattoki biz sud qarori bo‘yicha ma’lumotlarni tutishga ruxsat olganimizda ham, ko‘pincha texnik imkoniyatlarimiz yetmay qoladi”, − dedi Komi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Edvard Snoudenning iqroridan keyin tobora ko‘proq amerikaliklar aksiljosus texnologiyalardan foydalanmoqda. Yaqinda esa Apple va Google kompaniyalari o‘zlarining mobil operatsion tizimlarida kodlash texnologiyasidan foydalanishini ma’lum qildi. FQB rahbarining aytishicha, bu jarayon davom etaversa, uning idorasi o‘z ishini bajarolmay qoladi.
Eslatib o‘tamiz, gadjet ishlab chiqaruvchi kompaniyalar AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenning ular maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi gaplaridan keyin shaxsiy ma’lumotlarni saqlash siyosatiga ko‘proq e’tibor berishni boshlagan.
Izoh (0)