Belorussiya poytaxti Minsk shahrida tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi turnirning juftliklar musobaqasi yakunlandi. Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada Shonig‘mat Shofayziyev ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Yakkalik bahslarini muddatidan avval tark etgan Shofayziyev juftliklar musobaqasi vitse-chempioniga aylandi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Belorussiya vakili Andrey Vasilevskiy bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Shonig‘mat hal qiluvchi final uchrashuvida litvalik Laurinas Grigelis hamda Lukas Mugivechius tandemiga 4:6, 6:4, tay-brekda 6:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.Mazkur litvalik tennischilar musobaqada ikkinchi raqamli juftlik sifatida qayd etilgan edi.
Izoh (0)