O‘zbekiston kubogi final uchrashuvini turkiyalik FIFA referisi Junayt Chaqir boshqarib boradi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasiga asoslanib Stadion.uz xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bunday taklif bilan Turkiya tomoniga O‘zbekiston futbol federatsiyasi chiqqan. Junayt Chaqir boshchiligidagi hakamlar bunga rozilik bildirgan. Chaqirga qanotlarda Bahattin Duran va Toriq O‘ngun yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogi finali 12-noyabr, chorshanba kuni Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning ikki jamoasi — “Lokomotiv” va “Bunyodkor” sovrin uchun o‘zaro bahs olib boradi.
Izoh (0)