Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Janubiy Sudanda qurollangan noma’lum shaxslar BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi xodimini o‘g‘irlab ketdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

BODning mamlakatdagi missiyasi rahbari Eddi Rua o‘z hamkasblari 24 soatdan buyon bedarak ketganligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asli janubiy sudanlik bo‘lgan xodim Malakal shahriga yo‘l oladigan samolyotga chiqish uchun kutib turganida sakkiz nafar qurolli kishilar kelib, uni noma’lum yo‘nalishda olib ketishgan.

Ular Janubiy Sudan milliy xavfsizlik kuchlari xodimlari yoki mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan qaysidir guruhlardan birining a’zolari ekanligi noaniq bo‘lib qolmoqda.

Janubiy Sudanda 2013-yilning dekabr oyida boshlangan fuqarolik urushi sababli mamlakatning deyarli yarim million nafar aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. O‘shanda prezident Salva Kiir boshliq hukumat davlat to‘ntarishining oldi olinganligini e’lon qildi. Mazkur to‘ntarishni tayyorlashda sobiq vitse-prezident Riek Macharni ayblashdi.

Bu ikki siyosiy kuch orasidagi kelishmovchiliklar ularning yetakchilari mamlakatdagi ikkita eng yirik qabilaga mansubligi bois kuchaydi. Joriy yilning 23-yanvarida tomonlar o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish borasida shartnoma tuzdilar, ammo bu bilan tinchlik bo‘lishiga ekspertlarning ko‘zlari yetmayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi