Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan Milanda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni ijobiy deb baholadi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
“Uchrashuv yaxshi bo‘ldi, ijobiy bo‘ldi”, − dedi Putin Milandagi Osiyo va Yevropa yetakchilari sammiti doirasidagi uchrashuvdan keyin jurnalistlarga. Biroq Reuters’ning qayd etishicha, Rossiya prezidentining bunday so‘zlariga qaramay, uchrashuv davomida Ukraina mojarosini hal qilish bilan bog‘liq sezilarli qadam tashlangani kuzatilmagan.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Milandagi uchrashuvdan tinchlik va barqarorlikka erishishni kutayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)