Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhi a’zolaridan biri Toshkentda kuzatuv kameralari o‘rnatiladigan chorrahalar ro‘yxatini guruhga joyladi.

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

“Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish va jamoatchilik tartibini saqlashning kompyuterlashgan tizimini yaratish” deb nomlangan ushbu hujjatdan poytaxtdagi 120 ta chorraha o‘rin olgan.

“Eksklyuziv! Kameralar o‘rnatiladigan 120 ta ko‘cha va chorrahalar ro‘yxati. Tizimni ishga tushirish sanasi — 2015-yil mart”, — deb yozadi muallif. Shuningdek u foydalanuvchilarni bunga oldindan tayyorgarlik ko‘rib, qoidalarni buzmaslikni mashq qilishga chaqirib qolgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Ta’kidlash joiz, ushbu ro‘yxatning rasmiyligi mutasaddi davlat organlari tomonidan tasdiqlanmagan.

Postga fikr bildirganlarning bir qismi bunday tadbirlarning qo‘llanilayotganidan mamnunlik bildirib, shaharda qoidabuzarliklar kamayishiga umid bildirib qolgan. Biroq ba’zi foydalanuvchilar endi qoida buzib bo‘lmaslikdan afsuslanib, kameralar o‘rnatilishiga qarshi chiqqan.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi bir necha oy ichida Toshkentdagi chorrahalarga kuzatuv tizimini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kameralar va dispetcherlik markazi o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun “O‘zbektelekom” AK aloqa liniyalarini o‘tkazmoqda.

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligining kompyuterlashgan tizimini Shveysariyaning AGT International korporatsiyasi joriy qilmoqda.

Kameralarni avval Toshkentda, so‘ng Samarqandda, undan keyin esa butun respublika bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Dastlab Toshkentdagi 120 ta chorrahaga kameralar o‘rnatish va buning uchun 1200 ta kamera sotib olish ko‘zda tutilgan edi. Yakunda kamera bilan jihozlanadigan chorrahalar soni 160 tagacha ko‘paytirgani xabar qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston rahbari o‘rinbosari hamda vazirni, shuningdek, 7 nafar hokimni ogohlantirib, ularga yil yakuniga qadar imkoniyat berdi
Dunyo
Ukrainaning NATOga tezlashtirilgan tartibda qo‘shilishiga to‘siq bo‘ladigan sabab ma’lum qilindi
Mahalliy
Bir yillik ish staji, ingliz tilini bilish: O‘zbekistonda ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalar qanday?