Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi inson sog‘lig‘i va sanitar-epidemiologik holatini muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Natalya Kostenko restoranlarda chilim chekish sil kasalligini keltirib chiqarishi xavfi borligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Bu mundshtugi tozalanmaydigan uskunadir. Restoranlarda hech kim alohida shaxsiy chilim taklif qilmaydi. Hech kim chilimni mundshtukka bog‘laydigan truba dezinfeksiya tozalovidan o‘tganiga yetarlicha amin bo‘lolmaydi. Bunday joylar nam va issiq bo‘lishi inobatga olinsa, sil tayoqchalarining rivojlanishi uchun qulay sharoit hosil bo‘ladi”, − dedi Kostenko.
Bugungi kunda Rossiyada jamoat joylarida tamakili chilim chekish qonun bilan taqiqlangan, biroq tamakisiz chilimlarga ruxsat berilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tamakisiz elektron sigaretalarga ham qarshi ekanligi ma’lum qilingan.
Izoh (0)