Yevropa energetika nazoratchilari kengashi vitse-prezidenti Uolter Bols hozirda Yevropa o‘z tarixidagi eng katta gaz zahirasiga ega bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“Yevropadagi omborlardan samarali foydalanish uchun Yevropa Ittifoqi hududidagi quvvatlarning milliy chegaralardan qat’iy nazar barcha foydalanuvchilarga ochib qo‘yish juda muhim”, − dedi u. Bulsning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqning aksariyat mamlakatlarida gazni saqlash zarur hisoblanmaydi, chunki mavjud hajmdan odatda to‘liq foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqini Ukraina hududi orqali gaz yetkazib berishda muammolar tug‘ilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Izoh (0)