“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasida energetika korxonalarining barqaror ishlashi, 2014-yilgi ishlab chiqarish faoliyati prognoz parametrlarining bajarilishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Iqtisodiy o‘sishda me’yoriy tezlik va sohaning barqaror ishlashida yuqori darajaga erishish maqsadida korxona va tashkilotlar kesimida 2014-yilda ishlab chiqarish mahsuloti tannarxini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarilgan. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida mahsulot tannarxining pasayishi 100,9 foizni tashkil etdi.
2014-yilning to‘qqiz oyi ichida kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyati prognoz parametrlarining bajarilishi ta’minlandi. Tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmi soha bo‘yicha 100,4 foizni tashkil qildi. Respublika iste’molchilariga 32,9 milliard kVt/soat hajmida elektr energiyasi yetkazib berildi, issiqlik energiyasi 5,7 million Gkal hajmda uzatildi.
2014-yilning to‘qqiz oyi ichida mahsulot va xizmatlar eksporti 100 foiz bajarildi.
Qo‘shni davlatlarga bevosita shartnomalar bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib berildi, tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, kompaniya korxonalarida mahalliy xomashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishga doir topshiriq 106,7 foiz bajarildi.
Izoh (0)