Xitoy janubi-ga‘rbidagi qishloqlardan birida sodir bo‘lgan to‘qnashuv natijasida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 18 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Sinxua agentligining xabar berishicha, janjal Yunnan provinsiyasidagi Fuyu qishlog‘i aholisi va logistika markazi quruvchilari o‘rtasida kelib chiqqan. Halok bo‘lganlarning 6 nafari quruvchi, 2 nafari mahalliy aholi vakillari bo‘lgan.
Jarohatlanganlardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Ayni paytda hodisa sababalarini o‘rganayotgan politsiya janjal keltirib chiqarganlarni og‘ir jazo kutayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)