Avstraliyalik yozuvchi Richard Flanagan o‘zining “Uzoq shimolga tor yo‘l” romani uchun 2014-yilgi Buker mukofotiga loyiq ko‘rildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
53 yoshli Flenagan mukofotni Buyuk Britaniya taxti valiahdi shahzoda Charlzning rafiqasi, Kornuol gersoginyasi Kamilla qo‘lidan qabul qilib oldi. Shuningdek, unga 50 ming funt-sterling (80 ming dollar) mukofot puli ham topshirilgan. Yana besh asosiy nomzodga 2,5 ming funtdan (4 ming dollar) sovrin berilgan.
G‘olib asar voqealari Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyaning Myanma va Tailand o‘rtasidagi temir yo‘l qurilishida ishlatilgan harbiy asirlar saqlangan lagerida bo‘lib o‘tadi. Muallifning otasi ushbu lager mahbusi bo‘lgan. Flenagan asarni yozish uchun 12 yil sarflagan.
Ma’lumot uchun, Buker mukofoti 1969-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, ingliz adabiyoti bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli sovrinlardan biri hisoblanadi.
Izoh (0)