Surxondaryo viloyatining Sangardak tog‘lariga tutash lalmi bog‘da yetilgan olmadan biri taroziga qo‘yilganda og‘irligi yarim kilogrammdan oshdi. Bu haqda “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga tayanib, Uz24.uz xabar bermoqda.
Olmaning eni 8,5, bo‘yi 10,5, umumiy aylanasi esa 38 santimetrdan ortiq ekanligi aniqlandi.
Bog‘bonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tog‘ning adirligida bundan ikki yil ilgari 200 tupga yaqin “Krimson” navli ko‘chat ekilib, bog‘ yaratilgan. “Bu yil ularning har biridan o‘rtacha 100—150 kilogramm meva olishni mo‘ljallab turibmiz”, — dedi bog‘bon.
Bog‘dagi olma daraxtlarining har bir shoxdagi g‘ujjasida o‘rtacha 3-4, ba’zilarida esa 7-8 tagacha meva bor.
Izoh (0)