Rossiya va Xitoy fizika olimlari termoyadro reaksiyasidan oddiy yadro reaktorining faoliyatini yaxshilash uchun foydalaniladigan gibrid yadro reaktorini birgalikda ishlab chiqishni boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Kurchatov instituti” milliy tadqiqot markazi direktori Mixail Kovalchukning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha kelajak uchun muhim bo‘lib, uning yordamida atom energetikasi samaradorligini keskin oshirish mumkin bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda termoyadro elektr stansiyalari loyihasi Yevropada (Yaponiya bilan hamkorlikda), Rossiya va Xitoyda bor. Rossiyalik mutaxassislar loyiha hamkorlar uchun, birinchi navbatda xitoyliklar uchun ochiqligini ta’kidlagan.
Izoh (0)