Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Turkmanistonga nafaqat uchuvchisiz aviatsiya majmualarini yetkazib berishga, balki u yerda qo‘shma korxona ochishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda “Noviy vek”.
“Belorussiya Milliy fanlar akademiyasi Turkmanistonga uchuvchisiz aviatsiya majmualarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biz nafaqat ularni yetkazib berishga, balki kelajakda Turkmanistonda uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tuzishga ham tayyormiz”, − dedi Lukashenko turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuvda.
Shuningdek, Belorussiya prezidenti Turkmanistonga belorus kombaynlari, yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk vagonlari yetkazib berishni taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tog‘-kimyo sanoati, transport-logistika, uy-joy qurilishi kabi sohalarda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar mavjud.
Izoh (0)