Armaniston poytaxti Yerevan shahridagi Ozodlik maydonida mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Politsiya ma’lumotlariga binoan mitingda 14 ming, tashkilotchilar xabariga ko‘ra 20 ming odam qatnashgan. Namoyish Armaniston parlamentidagi hukumatga qarashli bo‘lmagan uch partiya – mamlakatning birinchi prezidenti Levon Ter-Petrosyan boshchiligidagi “Meros” hamda “Arman milliy kongressi” va “Rivojlanayotgan Armaniston” tomonidan tashkillashtirilgan. Ular Armaniston prezidenti Serj Sargsyanni xalqning xohish-irodasiga qarshi chiqqanlikda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr kuni Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish uchun rasman rozilik berdi. Bu to‘g‘risidagi shartnoma 2015-yildan kuchga kiradi. 2013-yilda Yerevan Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdan bosh tortgan edi.
Izoh (0)