Pokistonlik 17 yoshli huquq himoyachisi Malala Yusufzay hindistonlik Kaylash Satyartxi bilan birgalikda tinchlik bo‘yicha 2014-yilgi Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgani haqidagi xabarni eshitganda maktabda bo‘lgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Joriy yilning mart oyidan buyon Yusufzay Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridagi maktablardan biriga qatnaydi. Malala 2012-yildan boshlab oilasi bilan birgalikda Birlashgan Qirollikda yashaydi, u “Tolibon” hujumidan keyin aynan shu yerda o‘zini tiklab oldi.
Pokiston vakilasi ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritganlar orasida eng yoshi bo‘ldi. Bundan oldingi eng yosh ko‘rsatkich 1992-yilda Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan 33 yoshli Gvatemala vakilasi Rigoberta Menchuga tegishli edi.
Izoh (0)