Bugun Qrim Davlat kengashi Sergey Aksyonovni bir ovozdan avtonom respublika rahbarligiga tayinladi. 75 deputatning barchasi bu qarorni yoqlab ovoz bergan, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Inauguratsiya vaqtida u Qrim konstitutsiyasi ustiga qo‘lini qo‘yib qasamyod qilgan. “Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasi va federal qonunlarga, Qrim Respublikasi konstitutsiyasiga amal qilishga, Rossiya Federatsiyasi prezidenti va hukumati buyruqlarini bajarishga qasamyod qilaman”, − dedi Aksyonov.
Shuningdek, deputatlar Sergey Aksyonov bir vaqtning o‘zida Qrim Respublikasi rahbari va Bosh vaziri lavozimlarida foaliyat olib borishi uchun ham ovoz bergan.
Izoh (0)