Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi − Senat “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi, deb xabar bermoqda “TASS”. Endi hujjat davlat rahbariga imzolash ichun yuboriladi.
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi − uch yirik davlatning hamkorligini, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ko‘zda tutadigan, integratsiya g‘oyasini ilgari surib, sarmoyalar jalb qilishga ko‘maklashadigan muhim loyiha. Eng asosiysi, uning amalga oshirilishi uchala davlat fuqarolari turmush darajasining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi”, − dedi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev.
Qonun hujjati Senat a’zolari tomonidan deyarli bir ovozdan ma’qullangan: 44 senatordan 43 nafari qonun qabul qilinishini yoqlab ovoz bergan, bir nafari esa betaraf qolgan.
2014-yil 29-mayda Rossiya, Qozog‘iston va Belorussiya prezidentlari tomonidan imzolangan va 2015-yil 1-yanvardan kuchga kirishi rejalashtirilgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma ittifoq doirasida tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini ta’minlash, iqtisodiyotning alohida sohalarida muvofiqlashtirilgan, kelishilgan yoki yagona siyoatni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)