7-oktabr kuni 62 yoshni qarshilagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunini qanday o‘tkazganini aytib berdi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar qilgan.
“O‘tgan kuni menda yurish kuni bo‘ldi, tog‘da to‘qqiz kilometrcha yo‘l bosdim, haligacha hamma joyim og‘riyapti”, − dedi Putin Jismoniy madaniyat va sport kengashi majlisida. U o‘sha kun xalqaro sportcha yurish kuniga ham to‘g‘ri kelganini ta’kidlagan.
“Men bu tadbir (sportcha yurish kuni)ning juda muhim ekanligiga guvohman. Biz bu tadbirni sportcha yurish bo‘yicha natijalari bilan mashhur ushbu mintaqada o‘tkazganimiz yanada muhimdir. Bizda bunday maktab borligidan faqat xursand bo‘lishimiz mumkin”, − dedi u.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin birinchi marta tug‘ilgan kunida dam olish kuni olishga qaror qilganini va uni Sibirdagi tayga o‘rmonlarida o‘tkazmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)