“Koreya Respublikasidan havo sharlari orqali provokatsiya mazmunidagi varaqalarni tarqatish Pxenyanning ikkala Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan harakatlari uchun qo‘pol tahdiddir”, − deyiladi Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Koreyani tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi bayonotida. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
Ushbu tashkilotning ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyada KXDRdan kelgan qochqinlarni birlashtiruvchi “Shimol ozodligi uchun harakat” 10-oktabr, juma kuni Shimoliy Koreya hududida varaqalar tarqatishni rejalashtirgan. Ayniqsa buning Koreya xalq armiyasi Bosh siyosiy boshqarmasi boshlig‘i Xvan Pyon So boshchiligidagi KXDR delegatsiyasining ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadida Incheon shahriga tashrifidan keyin amalga oshirilishi Pxenyanning noroziligiga sabab bo‘lgan.
KXDR qo‘mitasi vakillarining fikricha, “Shimol ozodligi uchun harakat” ikkala Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga to‘siq bo‘lishni maqsad qilgan. Agar hukumat bunga qarshilik qilmasa, munosabatlar halokatli darajaga yetib borishi mumkinligi ta’kidlangan.
Izoh (0)