9-oktabr, payshanba kuni Belorussiya Milliy kengashi vakillar palatasi (quyi palata) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hujjat shu kunning o‘zidayoq Respublika Kengashi (yuqori palata) tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Shundan so‘ng, hujjat imzo qo‘yish uchun prezidentga yuboriladi. Imzo shartnomaning Belorussiya tomonidan ratifikatsiya qilinishi jarayonini yakunlaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi — Senat “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilgan edi.
Izoh (0)