2014-yilning adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori zamonaviy fransuz yozuvchisi Patrik Modiano bo‘ldi. Bu haqda Shved akademiyasining doimiy kotibi Peter Englund e’lon qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Adib “aqlga sig‘maydigan inson taqdirini va okkupatsiya dunyosining asl mohiyatini yoritib bergan xotira mahorati uchun” mukofotga sazovor bo‘ldi, deya aytiladi Nobel qo‘mitasining ilova qilingan maktubida.
Modiano 1945-yil Fransiyaning g‘arbida joylashgan Bulon-Biyankur kommunasida dunyoga kelgan. Fransiyaning Ikkinchi Jahon urushi davrida okkupatsiya qilinishi — adib yaratgan asarlarning asosiy mavzusi hisoblanadi. Uning asarlari bir necha marotaba ekranlashtirilgan.
Modiano ushbu yo‘nalishda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Fransiyaning 11-vakili hisoblanadi.
Izoh (0)