O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy Akademiya akademigi, Butunjahon Rassomlar qurultoyi a’zosi Lekim Ibragimov super-loyihasining Toshkentda taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kultura.uz.
Rossiya va Chexiya poytaxtlarida muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan ulkan surat “O‘zekspomarkaz” pavilyonlaridan birida bo‘lib o‘tayotgan “Buyuk ipak yo‘lida turizm” nomli Yigirmanchi Toshkent xalqaro turizm yarmakasida doirasida taqdim etildi.
Lekim Ibragimovning “Yuz farishta va bir surat” nomli ushbu asari 525 kvadrat metr joyni egallagan bo‘lib, 2012-yilda dunyoning eng ahamiyatli art-loyihalaridan biri deb topilgan. Bunday kattalikdagi suratlar Markaziy Osiyoda ham, Yevropada ham mavjud emasligi e’tirof etilgan. Muallif ham asarining o‘z vatanida namoyish etilganidan faxrlanishini aytib o‘tgan.
Izoh (0)