Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash nuqtai nazaridan oktabr — noyabr oylari davomida tuman hokimlarining matbuot anjumanlarini tashkil etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Mazkur tadbirlarda tumanlar hokimlari o‘z tumanlarining ishlab chiqarish salohiyati, investitsiya borasidagi imkoniyatlari, yangi ish o‘rinlari yaratish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash va boshqa dolzarb masalalardagi faoliyatlari haqida taqdimot tayyorlaydi. Shundan so‘ng, jurnalistlarning savollariga javob beriladi.
Toshkent shahar tumanlari hokimlari ishtirokida o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari jadvali:
- Mirobod tumani hokimi Qodirov Sharofiddin Tohirovich bilan — 10-oktabr;
- Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Ahmedov Shomansur To‘ychiyevich bilan — 17-oktabr;
- Sergeli tumani hokimi Maqsudxo‘jayev Furqat Ikromovich bilan — 21-oktabr;
- Olmazor tumani hokimi G‘oibnazarov Bahodir Rixsialiyevich bilan — 17-oktabr;
- Uchtepa tumani hokimi Karimbekov Aziz Rahmatovich bilan — 24-oktabr;
- Shayxontohur tumani hokimi Mirqosimov Mirag‘zam Mirozodovich bilan — 28-oktabr;
- Chilonzor tumani hokimi Ismoilxo‘jayev G‘ani Uchqunovich bilan — 31-oktabr;
- Yunusobod tumani hokimi Azimjonov Shavkat Jo‘rayevich bilan — 4-noyabr;
- Yakkasaroy tumani hokimi Hakimov Farrux Erkinovich bilan — 7-noyabr;
- Yashnobod tumani hokimi Salixov Akrom Hojiakbarovich bilan — 11-noyabr;
- Bektemir tumani hokimi Maxametov Sarvar Toshmatovich bilan — 14-noyabr.
Izoh (0)