AQSh Davlat departamenti 2016-yil “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar — DV” (Green Card nomi bilan ham ma’lum) lotereyasiga ro‘yxatga olish davri ochilganini e’lon qildi. Bu haqda “Kun” xabar bermoqda.
Murojaatchilar 2014-yil 1-oktabr, chorshanba kuni, (Toshkent vaqti bilan) 21:00 dan boshlab, 2014-yil 3-noyabr, dushanba kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 22:00 gacha o‘z arizalarini elektron ravishda dvlottery.state.gov sahifasi orqali kiritishi mumkin.
O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari va uning rezidentlari AQSh vizasiga, ayniqsa, Green Card’ga murojaat etishda xususiy firmalarning xizmatlaridan foydalanayotganlarida ogoh bo‘lishlarini eslatgan.
“Bu shaxs yoki firmalarning hech biri O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi va ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun sertifikat yoki ruxsatnomaga ega emas”, — deyiladi AQSh elchixonasi xabarida.
Ariza topshirish jarayoni bo‘yicha o‘zbek tilidagi yo‘riqnoma bilan ushbu sahifada (pdf) tanishish mumkin.
Izoh (0)