Osiyo o‘yinlarining boks bahslari 91 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschi Mirzohidjon Abdullayev yarim finalda eronlik Jasim Delavariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Shu tariqa Mirzohidjon Abdullayev O‘zbekiston hisobiga 16-bronza medalni olib keldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 35 taga yetdi.
Izoh (0)