Yevropa Ittifoqi Ukrainada bir qancha ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan, biroq hukumat va ayirmachilar o‘rtasidagi Minsk shartnomasining davomli amalga oshirilishiga chaqirgan, deb xabar berdi BBC.
Kecha Bryusselda Yevroittifoq davlatlari elchilari Ukrainadagi vaziyatni va Rossiya-Yevroittifoq munosabatlarini muhokama qildi. Ittifoq vakili so‘zlariga ko‘ra, Ukraina janubi-sharqidagi vaziyat yumshagan taqdirda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarning olib tashlanishi masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.
Avvalroq Reuters agentligi sanksiyalarning olinishi masalasi hatto tilga ham olinmaganini xabar bergan edi. Germaniya kansleri Angela Merkel esa Yevroittifoq sanksiyalarni bekor qilishdan hali ancha uzoqligini ta’kidlagan. O‘z navbatida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Bloomberg’ga bergan intervyusida Moskva Ukraina masalasida pozitsiyasini o‘zgartirmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)